Turkiya xavfsizlik xizmati Demokratik xalqlar partiyasi ofislariga hujum qilishda gumonlanayotgan to‘qqiz kishini hibsga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq partiyaning 20 nafar a’zosi Istanbulda va boshqa shaharlarda hujumlarga uchragani ma’lum qilingan edi. Hujum qilganlar partiyaga tegishli bir qancha obyektlarni yoqib yuborgani ma’lum.
Partiya milliy ozchiliklar, shu jumladan, kurdlarning manfaatlarini himoya qilib keladi.
Izoh (0)