Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasida to‘p surgan sobiq futbol yulduzi Rio Ferdinand bolalarga Rojdestvo sovg‘alarini olish uchun pul to‘playotgan xayriya jamg‘armasi hisobiga 500 ming funt sterling o‘tkazib berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Mening o‘zim otaman va bola Rojdestvoda sovg‘asiz qolishiga yo‘l qo‘ya olmayman. Restoranim va men bu loyihaning bir qismiga aylanganimizdan, bolalarni xursand qilish imkoniyatidan xursandman”, — deb tushuntirdi o‘z ishini sobiq futbolchi.
Ferdinand ilgari ham xayriya aksiyalarida ishtirok etgan. Jumladan, uysizlarga to‘shaklar sotib olishga 11,5 ming funt sterling ajratgan edi.
Izoh (0)