Uelsda Veyl-of-Glamorgan grafligi shahar kengashi Sheyla Allen ismli mahalliy Lollipop lady’dan (maktablar yonida bolalarga yo‘lni kesib o‘tishga yordam beruvchi) ishdan chalg‘imaslik va transport harakatini kuttirmaslik uchun bolalarga “besh tashlash”ni to‘xtatishni so‘radi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“Besh tashlash”ga taqiq hafta boshida belgilandi. Kengash Allenga nisbatan ikkita shikoyat tushganligini ma’lum qildi. Umuman olganda esa yo‘l harakatini tartibga soluvchilar amal qilishi lozim bo‘lgan mahalliy qoidalar mavjud. Aks holda bolalar va xodimlar yo‘l harakatiga xalaqit beradi.
Sheyla 2006-yilda Kengash tomonidan “Yil xodimi” mukofoti bilan taqdirlanganligini ta’kidlash joiz.
Metro nashrining ma’lum qilishicha, Sheyla kengash iltimosiga quloq tutib, bolalarga “besh tashlash”ni to‘xtatgan. U 14-dekabrdan boshlab qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘lini orqada tutib navbatchilik qila boshladi.
Allen biriktirilgan maktabda tahsil oluvchi bolalarning ota-onasi kengash iltimosidan achchiqlandi. Ular Sheyla o‘z ishini xavfsiz va quvnoq tarzda amalga oshirganligini ta’kidlamoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)