Bugun — 15-dekabr kuni Madridning “Real”i klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining yarim finalida Meksikaning “Amerika” klubiga qarshi maydonga tushadi.
“Real” bu turnirga jiddiy nazar bilan qaraydimi? Meksika klubi “qirollik klubi” uchun qandaydir kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yganmi? Uchrashuv oldidan har ikki klub vakillari o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.Serxio Ramos
“Men bu turnirni yorqin ranglar bilan eslayman. Yarim final va finalda gol urgandim. Bu safar ham shunday bo‘lishi uchun harakat qilaman. Turnirdagi g‘alaba eng kuchli jamoa bo‘lish maqomini beradi. Shu boisdan ham undagi g‘alaba biz uchun muhim”.Rikardo La Volpe (“Amerika” bosh murabbiyi)
“Biz Yaponiyaga sayohat uchun kelmadik. Undagi ishtirokimiz klub sifatida qanday o‘sayotganimizni bildiradi. Futbolkadagi nomlar esa hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Bugun bizga kuchli harakter va erkaklarga hos matonat kerak bo‘ladi. Ha, aytgancha, mening jamoam bugun butunlay erkin to‘p suradi. Ahir hamma bizga autsayder ko‘zi bilan qaramoqda”.
“Biz Ronalduning kimligini bilamiz, u ham oddiy bir banda. Kroosni ham, Modrichni ham taniymiz. Simeone aytib o‘tganidek, agar raqib uchun bo‘sh zonalar yaratib berilmasa, ular bilan oddiy futbolchining farqi u qadar katta emas. Odatda gollar kimningdir olamshumul harakatlari evaziga emas, xatolar natijasida uriladi. Biz shunday xatolardan tiyilishimiz kerak”.Kazemiro
“Biz har qanday turnirda yutishni istaymiz. Mavsumni ajoyib o‘tkazgandik, endi uni xuddi o‘sha notada yakunlash niyatimiz bor. Zamonaviy futbolda raqibni o‘rganmaslik mumkin emas. Biz ularni o‘rgandik va endi nima qilishni bilamiz”.Zinedin Zidan
“Men raqib jamoa murabbiyining fikrlariga qo‘shilaman. ‘Real’ libosida maydonga tushish g‘alaba qozonish uchun juda-juda kamlik qiladi. Yutish uchun bizdan katta kuch talab qilinadi. Chunki raqib qanday kuchga ega ekanini bilamiz”.Krishtianu Ronaldu
“Biz Yaponiyaga ta’til uchun kelmadik. Biz g‘alaba qozonishni va quvonchimizni muxlislar bilan baham ko‘rishni istaymiz. Jahon chempionligi ‘Real’ uchun juda muhim”.
Ma’lumot uchun, “Real” klubi prezidenti Flarentino Peres Yaponiyada futbolchilar bilan uchrashib, ular bilan gaplashdi, deb yozdi “Sports.ru”. So‘zining yakunida Peres futbolchilardan barcha masalani hal qilishni “Deportivo” bilan o‘yin kabi so‘nggi daqiqaga olib qo‘ymaslikni so‘radi.
Izoh (0)