Rasmiy Kreml AQShning Forbes jurnali tuzgan jahonning eng nufuzli kishilari reytingida Rossiya prezidenti Vladimir Putin birinchi o‘rinni egallagani bilan bog‘liq yangilikka izoh berishga shoshmaydi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Hali nashr bilan tanishib chiqmadik”, — deb tushuntirdi bu holatni Peskov.
Jurnalistlardan biri unga murojaat qilib, Forbes reytingi real holatni aks ettirish-ettirmasligi yuzasidan savol berdi. Peskov bunga izoh berish uchun Kreml dastlab reytingi bilan tanishib chiqishi lozimligini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Forbes Putinni ketma-ket to‘rtinchi marta jahonning eng nufuzli kishisi deb topdi.
Izoh (0)