Rossiyaning Kostroma viloyatida yangi yil tantanalari dasturiga uchish qurilmasida fazoga kotletlar uchirish ham kiritildi. Bu haqda shahar rasmiylari 13-dekabr kuni jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
Shahar madaniyat boshqarmasining ma’lum qilishicha, kotletlar 2-yanvar kuni uchiriladi. Mahsulotning muzlatilishi tabiiy ravishda stratosferada yuz beradi.
“Bu noyob tajriba bo‘lib, rekordni qayd etish uchun Ginnesning Rekordlari kitobi vakillari Kostromaga tashrif buyuradi”, — deydi madaniyat boshqarmasi rahbari Tatyana Gachina.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)