Germaniyaning Adidas kompaniyasi 3D-printerda chiqarilgan 3D Runner nomli krossovkalarni 15-dekabr kuni sotuvga chiqaradi, deb xabar bermoqda TJournal.
Krossovkalarning narxi 333 dollar bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Mazkur oyoq kiyim yaratuvchilarining aytishicha, ushbu toifadagi krossovkalar yugurish bilan shug‘ullanadiganlar uchun mo‘ljallangan.
Krossovkalar cheklangan tirajda va dunyo bo‘ylab faqatgina uch shaharda – Nyu-York, Tokio va Londonda sotuvga chiqadi.
Xabarda qayd etilishicha, Nyu-York shahrida Adidas’ning yangi modeldagi krossovkalarini sotib olish uchun uzun navbat hosil bo‘lishi kutilmoqda.
3D Runner’ni sotib olmoqchi bo‘lganlar uni o‘zi uchun emas, keyinchalik qimmatroq narxda sotish uchun xarid qilmoqchi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)