Xitoyning Szyansu provinsiyasi Suchjou shahrida hisobchi ayol o‘zining sevimli videobloglari mualliflarini rag‘batlantirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirib tashkilot kassasidan pul o‘g‘irladi, deb yozadi “TASS”. U o‘z ish beruvchisidan jami 1,64 million yuan (237,6 ming dollar) o‘zlashtirdi.
Xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli Ni familiyali qiz internetda strimerlar videobloglarini tomosha qilish xobbisiga ega bo‘lgan. Bunday internet-kontent mualliflari o‘z auditoriyasi bilan bevosita muloqot qilib, muxlislariga onlayn rejimida javob beradi, shuningdek, ularning iltimoslari va istaklarini bajo keltiradi, ammo buni ko‘pincha pulli yoki boshqa mukofotlar evaziga amalga oshiradi.
2015-yilda Ni davlat tibbiy muassasasiga hisobchi bo‘lib ishga kiradi. Bu paytga kelib, uning xobbisi haqiqiy bog‘liqlikka aylanib ulguradi: qizda bir nechta maftunkor videobloger kumirlar paydo bo‘ladi. Ularning e’tiborini tortish uchun qiz jinoyatga qo‘l urdi: u cheklarni, hisoblarni, shuningdek, mas’ul shaxslarning imzolarini qalbakilashtirib, kassadan pul ola boshladi.
Ammo tez orada jinoyat fosh bo‘ldi. Sud Nini 5 yillik qamoqqa mahkum qildi va 340 ming yuan (49 ming dollar) jarimaga tortdi.