Saylovchilar Pridnestrovyedagi prezidentlik saylovlarida o‘tgan yilgi parlament saylovlariga qaraganda faolroq ovoz bermoqda. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
E’tirof etilmagan respublika markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, 11-dekabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 18:30 da saylov uchastkalariga ro‘yxatga olingan saylovchilarning 51 foizdan oshig‘i keldi. O‘tgan yilgi parlament saylovlarida esa yakuniy natija 47 foizni tashkil etgandi.
Ovoz berish byulletenlarida 6 nafar nomzod, jumladan, prezidentlik poygasi yetakchilari hisoblanayotgan respublikaning amaldagi rahbari Yevgeniy Shevchuk va parlament spikeri Vadim Krasnoselskiy bor. Ularga deputat Oleg Xorjan, Konstitutsiyaviy sudning sobiq raisi Vladimir Grigoryev, respublika prokurori Aleksandr Deli va ishsiz Irina Vasilakiy raqiblik qilmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi ovoz berishning dastlabki natijalari 12-dekabr, dushanba kuni e’lon qilinishini bildirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.