AQShning The National Interest harbiy-siyosiy jurnali NATO mamlakatlari hamda Rossiyada mavjud beshtadan eng xavfli qurol haqida yozdi. Maqola mualliflari ustunlik kim tomonda ekanligini shu yo‘l bilan aniqlashga urinib ko‘rdi, deb xabar beradi “TASS”.
Ularning fikricha, alyans faqat eskirgan qurol-yarog‘ sohibi bo‘lgan raqiblardan ustun kelmoqda. Mualliflar NATO Rossiya singari yaxshi tayyorgarlik va hujum imkoniyatlariga ega, zamonaviy texnikasi bor raqiblarga qarshi chiqsa qanday salohiyat namoyish etishi mumkinligiga qiziqib ko‘rdi.
Xulosa o‘rnida tahlil mualliflari biror taraf yaqqol ustunlikka ega emasligini hamda NATO va Rossiya qurollari faqat tutib turuvchi kuch sifatida ishlatilishini aytib o‘tdi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Rossiya qo‘shinlarini zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlanish darajasi 2016-yil uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra 48,1 foizni tashkil qildi. 2020-yilga qadar bu ko‘rsatkichni 70 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.