Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliya va Uelsda oxirgi yetti yil ichida 400 ga yaqin odam hibsdan ozod etilganidan keyin yoki qamoq jazosini o‘tab bo‘lganidan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda Britaniyaning inson huquqlari va tengligi masalalari bo‘yicha jamoatchilik komissiyasi hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, o‘z joniga qasd qilganlarning 32 foizini jinsiy tajovuz tufayli hukm etilgan yoki gumonlanib hibsga olinganlar tashkil etadi. O‘z joniga qasd qilganlarning taxminan yarmi ruhiy buzilishlardan aziyat chekkan.

“Davlat odamlarni hibsga olayotganda ularning yana jamiyatga qaytishi va xavfsiz reabilitatsiyasi uchun javobgarlikni his etishi lozim”, — dedi tashkilot raisi Devid Isaak.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi chop etilgan hisobotning barcha xulosalari ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda