“Progress MS-04” kosmik yuk tashuvchisining halokati uchinchi pog‘onaning kutilmaganda ajralib chiqishi paytida dvigatel qurilmasining zararlanishi tufayli kelib chiqqani aniqlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Kemaning tashuvchi raketa uchinchi pog‘onasidan ajralib chiqishidan so‘ng uning dvigateli hozircha aniqlanmagan sabab tufayli o‘chmay, ishlashda davom etgan. Buning natijasida uchinchi pog‘ona kemaga urilib, dvigatel qurilmasiga jiddiy zarar yetkazgan”, — ma’lum qildi agentlikning manbasi.
Ta’kidlanishicha, davlat komissiyasi halokatning turli sabablarini ko‘rib chiqishda davom etmoqda, shu bois yuqoridagi versiya hozircha rasmiy tasdiqlanmadi.
Taftish natijalari eng erta 20-dekabr kuni oshkor etiladi.
Xalqaro kosmik stansiyaga uchirilgan “Progress-MS-04” kemasi 1-dekabr kuni kechqurun Tuva osmonida halokatga uchradi. Bo‘laklarning ko‘p qismi atmosferada yonib ketdi. Qolgan qismi Qizil shahridan 60–70 km uzoqlikka tushgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)