O‘zbekistonlik futbolchi Fozil Musayevning yapon klubi “Jubila Ivata” bilan shartnoma tuzishi mumkinligi xabar qilingandi. “Championat.asia”ning O‘FF matbuot xizmatiga asoslanib ma’lum qilishicha, muzokara oldinga siljigan.
Rasmda so‘nggi mavsumni “Nasaf” tarkibida o‘tkazgan Fozil Musayev Yaponiya klubi rasmiylari bilan turganini ko‘rish mumkin. Unga futbol agenti San’at Sharipov xamrohlik qilmoqda.
Yaponiya Jey Ligasida to‘p surish o‘zbekistonlik futbolchiga nasib qilmagan. Ma’lum muddat O‘zbekiston fuqaroligini olgan va milliy terma jamoada to‘p surgan Oleg Pashinin 2001-yil “Sanfrechche Xiroshima” safida ko‘rinish bergan.
Qayd etish kerak, Fozil Musayev avvalroq Eron chempionatida ham o‘ynagandi.
Izoh (0)