Kanadada irqchilikka qarshi kurashgan ayol – Viola Dezmondning surati tushirilgan 10 dollarlik kupyura 2018-yilda chiqariladi. Bu haqda 8-dekabr kuni Kanada Banki rahbari, mamlakat moliya vaziri va ayollar ishlari bo‘yicha vaziri ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Viola Dezmond Kanada kupyurasida tasvirlangan ilk kanadalik ayol bo‘ladi. Avvalroq Kanada kupyuralarida Buyuk Britaniya qirollik oilasi ayollarining surati bo‘lgan.
Viola Dezmondning ismi e’lon qilingan marosimda uning 89 yoshli singlisi Vanda Robson ishtirok etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.