“Nasaf” klubi vakili Fozil Musayev Yaponiyaning “Jubilo Ivata” klubi bilan dastlabki kelishuvga erishgani ma’lum qilindi
Yaponiyaning “Jubilo Ivata” futbol klubi Qarshining “Nasaf” klubida to‘p suradigan Fozil Musayevni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” sayti ma’lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, tomonlar dastlabki kelishuvga erishgan bo‘lib, Musayev tibbik ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, yaqin bir oy ichida shartnoma tuzilishi mumkin.
Musayev “Nasaf” safiga qo‘shilguniga qadar Eron chempionatida to‘p surgandi. Qayd etish kerak, bunga qadar Yaponiya chempionatida o‘zbekistonlik futbolchi o‘ynamagan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar