AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp iyun oyidayoq turli kompaniyalardagi o‘z ulushlarini sotib yubordi. Milliarder aksiyalarni aynan kimga sotganligi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Bu haqda The Washington Post gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Gap uning banklar, neft gigantlari va boshqa kompaniyalardagi ulushlari haqida bormoqda.
Trampning matbuot kotibi Jeyson Miller u aksiyalarni kimga va qanchaga sotganligi haqidagi savolga javob qaytarishga qiynaldi. Qonun bo‘yicha milliarder moliyaviy holati haqidagi ma’lumotlarni 2018-yilning mayiga qadar oshkor etmaslikka haqli.
Nashrning ta’kidlashicha, Tramp tomonidan aksiyalarning sotib yuborilishi Oq uyda qarorlar qabul qilish davomida manfaatlar to‘qnashuvi va muammolarning oldini olish imkonini beradi.
Tramp, shuningdek, 15-dekabr kuni shaxsiy kompaniyasi — Trump Organization bo‘yicha rejalari haqida ma’lum qilishga va’da bergan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)