O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Salixov Shavkat Ismoilovichning virtual qabulxonasi ochildi. Endi turli dolzarb masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Akademiya prezidentiga murojaat qilish mumkin, deb xabar beradi O‘zA.
Bunda murojaatni ikki usulda — (0 371) 233 59 86 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki “FA-vq.uz” manzilidagi maxsus murojaat shaklini to‘ldirib yuborish mumkin. Sayt orqali onlayn murojaat yuborish shakli hamma uchun tushunarli va sodda tuzilgan. Saytda murojaat natijasini (javob berilgan-berilmaganini) tekshirish mumkin. Onlayn murojaatlarda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.
Fanlar akademiyasi, uning tizimidagi muassasa va tashkilot rahbarlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun shaxsiy qabullar tashkil etmoqda. Bundan tashqari, murojaatlar elektron pochta manzili orqali ham qabul qilinmoqda.
Bularning barchasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimida murojaatlar bilan ishlash sifatini tubdan yaxshilash, muammolarga o‘z vaqtida yechim topishda muhim omil bo‘ladi, deb ta’kidlanadi xabarda.
Izoh (0)