O‘z vaqtida Ispaniyaning “Valensiya”, “Barselona”, “Atletiko” klublari sharafini himoya qilgan hujumchi David Vilya AQSh futbol ligasida mavsumning eng foydali o‘yinchisi sifatida tan olindi.
“TASS”ning MLS rasmiy saytiga tayanib ma’lum qilishicha, Vilya 2016-yilgi mavsum hisobidan 23 ta gol urib, 4 ta golli pas uzatgan. Bu mehnatlari tufayli u mavsumning ramziy terma jamoasidan ham joy olgan.
Ma’lumot uchun, David Vilya “Nyu-York Siti” futbol klubida to‘p suradi. Uning jamoasi mavsumni “Nyu-York RB” jamoasidan keyin 2-o‘rinda yakunlashga erishdi.
Izoh (0)