Apple kompaniyasi iPhone 7 kamerasining yaxshilangan fokusiga bag‘ishlangan 30 soniyalik reklama roligini taqdim qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Videolavha Romeo va Julyetta obrazidagi bola va qizning dialogi bilan boshlanadi. Shundan keyin kamera ortga suriladi va sahna maktab teatri ekanligi oydinlashadi. Sahnani bolalardan birining otasi iPhone 7 yordamida suratga olayotgan bo‘ladi.
Ushbu video orqali iPhone 7 kamerasi muhim narsalarga e’tibor qaratishiga urg‘u berilgan. Rolik so‘ngida “Sizning videongiz filmlarga o‘xshaydi” degan slogan chiqadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)