Sankt-Peterburgning “Zenit” futbol klubi futbolchisi Aleksandr Kokorin “Davay, davay” xayriya aksiyasi doirasida shahardagi kafelardan birida kulchalar sotuvchisi bo‘lib ishladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Aksiya tashkilotchilari shu yo‘l orqali qimmat operatsiyalarga muhtoj bolalar uchun mablag‘ jamg‘aradi.
“Davay-davay” xayriya loyihasi 2015-yilning yanvar oyida start olgan. Avvalroq “Zenit” futbolchilaridan Xalk (ayni damda “Shanxay SIPG” a’zosi) Nevskiy katta ko‘chasida qo‘shiq kuylab, raqsga tushgan bo‘lsa, Domeniko Krishito sirkda chiqish qildi.
Shuningdek, Migel Danni sartarosh, Yuriy Lodigin Ermitajda ekskursiyachi, Artyom Dzyuba tramvay konduktori, Maurisio esa taksichi bo‘lib ishlagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)