O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga Prezident saylovi bo‘yicha soat 6:00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.
20:00 holatiga ko‘ra O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz bergan saylovchilar soni 17 million 941 ming 955 nafarni yoki ro‘yxatga olingan barcha fuqarolarning 87,83 foizini tashkil etdi. Bu haqda, Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ayni paytda O‘zbekistonning xorij mamlakatlarida joylashgan qator saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Saylovning dastlabki yakunlari dushanba kuni e’lon qilinadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)