“Tolibon” radikal harakati a’zolari Pokistonning ko‘magisiz Afg‘oniston harbiylarining siquviga bir oy ham dosh bera olmas edi. Bu haqda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Buni qabul qilib bo‘lmaydi. Kimdir hali ham terrorchilarga boshpana taqdim etmoqda. ‘Tolibon’ harakatining namoyandalaridan biri yaqinda aytganidek, Pokiston boshpana taqdim etmasa, ular bir oy ham turib bera olmas edi”, — dedi u Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyadagi chiqishida.
U Pokiston hukumatini “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlashga sarflayotgani pulini terrorga qarshi kurashga yo‘naltirishga chaqirdi.
“Pokiston Afg‘onistonni qayta tiklashga 500 million dollar ajratishni va’da qilgani uchun minnatdormiz. Umid qilamanki, sizlar bu pulni Pokistonning o‘zida terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashga yo‘naltirasiz”, — dedi Ashraf G‘ani.
Izoh (0)