Asli o‘zbekistonlik xonanda Sardor Milano Rossiya televideniyesining mashhur “Golos-5” loyihasi chorak finaliga chiqdi.
Milano chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Lucho Dallaning “Karuzoning xotirasi” qo‘shig‘ini kuyladi.
Sardor Milanoning aytishicha, u “mazkur qo‘shiqqa o‘zining barcha kechinmalarini qo‘shib kuylagan”.
Bo‘lajak bosqich haqida fikr bildirarkan, Sardor Milano tomoshabinlarni “yaxshi ma’noda hayron qoldirish niyatida” ekanligini ma’lum qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)