Amerikalik qo‘shiqchi Selena Gomes 2016-yilgi Instagram qirolichasiga aylandi, deb yozadi “Korrespondent.net” The Mashable’ga tayanib. Uning fotosuratlari eng ko‘p sonli “layk”lar yig‘ib, ijtimoiy tarmoqda eng ommabop bo‘ldi.
Xonandaning eng ommabop surati 5,9 millionta “layk” va 200 mingdan ortiq izoh to‘pladi. Gomesning obunachilari soni esa 103 milliondan oshadi. Yulduzlar orasida u foloverlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda joylashdi.
Undan keyingi o‘rinni Teylor Svift (93,6 million folover) egalladi, yuqori uchlikni esa Beyonse (88,9 million) yakunladi.
Shuningdek, yuqori o‘nlikka Kayli (79,5 million) va Kendall Jenner (68,9 million) kirdi. Top o‘ntalikdan joy olgan yagona erkak Krishtianu Ronaldu (82,3 million) bo‘ldi.
Izoh (0)