FIFA 2016-yilning eng yaxshi goli uchun taqdim etiladigan mukofotga da’vogarlik qiluvchi uch futbolchining nomini oshkor etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nomzodlar sifatida Braziliyaning “Korintians” jamoasi yarim himoyachisi Marlon, 17 yoshgacha bo‘lgan Venesuela ayollar terma jamoasi futbolchisi Danyushka Rodriges va Malayziyaning “Penang” jamoasi tarkibida to‘p suruvchi Moxd Fayz Subri ko‘rsatildi.
2009-yilda FIFA eng yaxshi gol mualliflariga topshiriladigan Ferens Pushkash nomli mukofotni ta’sis etgan edi. G‘olib ishqibozlar o‘rtasida o‘tadigan onlayn so‘rovda aniqlanadi.
Izoh (0)