Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublika din arboblari mast ahvolda mashina haydab, YTH keltirib chiqargan kishilarning dafn marosimlarini o‘tkazmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Agar mast haydovchi YTHda aybdor bo‘lsa, o‘zi halok bo‘lsa va odamni o‘ldirsa, uning dafn masalalari bilan din arboblari shug‘ullanmaydi. Jamiyat bu inson qasddan jinoyat sodir etganini tushunishi lozim”, — dedi Qodirov.
U, shuningdek, Checheniston rahbariyati alkogol sotish qoidalarini qattiqlashtirish huquqiga ega emasligini, ammo ichkilikka qarshi kurashda dindan, urf-odatlardan va mentalitetdan foydalanishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)