Yevropa Ittifoqi noyabr oyida Belarusda mahbuslar Ivan Kulesh va Sergey Xmelyovskiyga nisbatan qatl hukmlarining ijro etilishini keskin tanqid ostiga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Belarus jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilishga tayyorligi haqidagi bayonotlarga ters ravishda qatl jazosining qo‘llanilishi davom etmoqda”, — deyiladi Yevropa tashqi siyosiy xizmati rasmiy vakilining bayonotida.
Kommyunikeda ta’kidlanishicha, BMT inson huquqlari bo‘yicha kengashi Belarusga tegishli tavsiyalar bergan edi.
Yaqinda qatl etilgan Xmelyovskiyning ishi apellyatsiya tufayli BMT inson huquqlari qo‘mitasi shafeligida edi. Tashkilot 2016-yil avgustida rasmiy Minskni ish ko‘rib chiqilayotganidan boxabar qilgan edi. Ammo, shunga qaramay, hukm ijro etildi.
Izoh (0)