Polshaning Polkovitse shahrida ro‘y bergan zilzila oqibatida Rudna konida halok bo‘lganlar soni to‘rt kishiga yetdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“To‘rtinchi konchiga yetib bordik, afsuski, u vafot etdi”, — dedi kon rahbari Pavel Markovskiy matbuot anjumani chog‘ida.
Ilgariroq bir kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
Shu bilan birga, to‘rt konchining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Izoh (0)