Chelyabinsk davlat universiteti (Rossiya) olimlari viloyatdan turli yillarda topilgan g‘ildirakning izi hamda abzal unsurlariga qarab qadimgi jang aravasining o‘z kattaligidagi maketini yaratdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Eksponat Janubiy Ural davlat tarix muzeyida bo‘lib o‘tgan “Marosim va texnologiya” ko‘rgazmasida namoyish etildi.
“Ko‘rgazmada Chelyabinsk viloyatidagi qazishma ishlari materiallari asosida qayta tiklangan jang aravasi maketi taqdim etildi. Bir necha o‘n yillik arxeologik ishlarning katta tajribasi umumlashtirildi. Topilmalar uncha ko‘p emas edi: g‘ildirak izi, ot abzali unsurlari, ammo kompleks ilmiy metodlarni qo‘llash yo‘li bilan tabiiy kattalikdagi maketni yarata oldik”, — dedi ChelDU tajribaviy laboratoriya mudiri Vladislav Savin.
Savin Janubiy Uralda ilk jang aravalari paydo bo‘lganini alohida qayd qilib o‘tdi. Ammo bu aravalardan dastlab askarlar emas, cho‘ponlar foydalangan.
“U ikki ot va bir kishiga mo‘ljallangan”, — qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Izoh (0)