Moskva sharqidagi ombordan noma’lum shaxslar 39,5 million rubllik ikrani o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Moskva IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Xabarda ta’kidlanishicha, o‘g‘rilik Elektrodniy ko‘chasidagi omborda sodir etilgan. Politsiyaga dengiz mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi firmaning bosh direktori murojaat qilgan. Ikra Yangi yil chegirmalarida sotish uchun mo‘ljallangan edi.
O‘g‘rilar devordan teshik ochib, omborga kirgan va plastik konteynerlardagi ikrani o‘g‘irlagan. Shundan so‘ng ular voqea joyidan yashiringan.
Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshida Moskva shimolida noma’lum shaxslar qiymati 23 million rublga teng 13 tonna qizil ikrani o‘g‘irlagandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)