Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) “Vest Hem”ga qarshi APL 13-turida zaxira o‘rindig‘idan chetlatilgan “Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyoga nisbatan ayblov qo‘ydi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
27-noyabr, yakshanba kuni “MYu” o‘z maydonida “Vest Hem” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvning 27-daqiqasida bosh hakam Pol Pogbaning simulyatsiyasi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatdi. Bundan g‘azablangan Mourinyo suv idishini tepib yubordi va zaxira hakamiga o‘z noroziligini bildirdi. Natijada Jonatan Moss portugaliyalik murabbiyni zaxira o‘rindig‘idan chetlatdi. Mourinyo o‘yinni tribunadan tomosha qilishiga to‘g‘ri keldi.
Portugaliyalik mutaxassisda 1-dekabr kuniga qadar ayblovga javob berish uchun vaqt bor. Avvalroq Mourinyo ikki o‘yinga chetlatilishi mumkinligi aytilgandi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” 13-turdan keyin 20 ochko bilan turnir peshqadami “Chelsi”dan 11 ochko ortda qolib, 6-o‘rinda bormoqda.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)