Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Olmaliq” klubi bosh murabbiyi Igor Shkvirin o‘zining iste’fosi haqidagi savolga javob berdi, deb yozdi “Championat.asia”.

Foto: Vesti.kz

Foto: Vesti.kz

“Klubda hech kim ketishim to‘g‘risida menga aytgani yo‘q. Iste’foga chiqarilganim va o‘rnimga yangi murabbiy kelgani haqida eshitdim. Ammo rahbariyat hech qanday gap aytmadi”, — degan Igor Shkvirin.

“To‘g‘ri, mavsumni juda yomon o‘tkazdik. Ilgari bu qadar past o‘ringa tushib ketmagandik. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Qayerdadir biz xatoga yo‘l qo‘ydik, qaysidir o‘yinlarda omad yuz o‘girdi. Natija uchun tabiiyki, murabbiy javobgar hisoblanadi. Qismati shunaqa”.

“Olmaliq” klubida 2008-yildan buyon ishlab kelayotgan Igor Shkvirindan keyin yangi tayinlanishi kutilayotgan Viktor Kumikov ham “Championat.asia”ning savoliga javob qaytargan.

“Do‘stlarim taklifiga ko‘ra O‘zbekistonga keldim. Ish haqida gapirishga erta. ‘Olmaliq’dan qiziqish bo‘lgani rost. Klub rahbariyati bilan mazkur masalada gaplashganimni inkor qilmayman. Hammasi dekabr oyida hal bo‘ladi”, — degan Viktor Kumikov.

Mutaxassis, shuningdek, “Buxoro” va “Bunyodkor” klublarining qiziqishi borasida to‘xtalib o‘tgan bo‘lib, buxoroliklar taklifi haqida hech narsa deya olmasligini ochiqlagan. “Bunyodkor” bilan muzokara esa muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 3 mingga yaqinlashdi, yangi silkinishlar qayd etildi
Shou-biznes
Gollivudning har qanday rolni maromiga yetkazib ijo etadigan aktyor va aktrisalari (foto) 
Mahalliy
Namangandagi uyda gaz portlab, 4 kishi tan jarohati oldi