Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasining sobiq rahbari Si Syanmin 7,89 million yuan (1,14 million dollar) miqdorida pora olishda ayblanmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sudga yo‘llangan ayblovda aytilishicha, 2005–2014-yillar orasida u mansabini suiiste’mol qilgan holda o‘g‘li orqali hamda shaxsan o‘zi pora olib kelgan.
Si Syanmin ishi bo‘yicha eshituvlar Shenchjen shahri (Guandun provinsiyasi) sudida bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh (0)