BMTning Butunjahon turizm tashkiloti hamda Butunjahon turizm va sayohatlar kengashi Buyuk Britaniya hukumatini Misrning Sharm ash-Shayx kurortiga qirollik aviakompaniyalari parvozlarini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda, tashkilotlar tarqatgan bayonotga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Sayohat va turizm Misr iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega”, — deyiladi murojaatda.
Tashkilotlarning fikricha, Misr hukumati xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida yetarli darajada chora-tadbirlar ko‘rdi va endilikda mazkur taqiqni saqlab qolishdan foyda yo‘q.
Sinay yarim orolida Rossiyaga qarashli layner halokatga uchraganidan so‘ng Buyuk Britaniyaning ko‘pchilik aviakompaniyalari Sharm ash-Shayxga parvozlarni noaniq muddatga to‘xtatib qo‘ygan edi.
Izoh (0)