BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroning vafoti munosabati bilan mamlakat xalqiga ta’ziya izhor qildi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Xalqaro tashkilot rahbari Kuba, hech narsaga qaramay, islohotlar yo‘lidan borishda davom etishiga ishonch bildirdi, shuningdek, Kastro bilan uch yil muqaddam bo‘lib o‘tgan oxirgi uchrashuvini esga oldi.
“Men 2014-yil yanvarida Kubaga tashrifim chog‘ida sobiq prezidenti Fidel Kastro bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvni yaxshi eslayman. Biz jonli suhbat qurdik, butun dunyodagi vaziyatni, shuningdek, barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishi masalalarini muhokama qildik”, — dedi Pan Gi Mun o‘z murojaatida.
Uning fikricha, Kastro davrida Kuba sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida taraqqiyotga erisha oldi.
“Umid qilamanki, Kuba islohotlar va gullab-yashnash yo‘lida rivojlanishda davom etadi”, — deb xulosa qildi Pan Gi Mun.
Izoh (0)