Ikki amerikalik sportchi 2016-yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiya o‘yinlari oldidan kokain iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Fancy Bears xakerlik guruhi bir necha kun muqaddam Facebook’da Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) vakillarining AQSh aksildoping agentligi (USADA) bilan yozishmalariga ega bo‘lganini bildirgan edi.
Ta’kidlanishicha, bu ikki agentlikning xakerlar qo‘liga tushib qolgan maktublarida taniqli amerikalik sportchining qon tahlillari shubhali ekani, shuningdek, O‘yinlar arafasida kamida ikki nafar amerikalik atlet kokain iste’mol qilgani aytilgan. Ularning maqsadi sifatida vazn tashlash ko‘rsatilgan.
Shuningdek, xakerlar WADA rahbari Kreyg Ridining shaxsiy ma’lumotlariga daxl qila oldi.
Izoh (0)