Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iroq armiyasi Mosul shahrini IShID jangarilaridan tozalash bo‘yicha operatsiya boshlaganidan buyon yaqin atrofda istiqomat qiluvchi 70 mingdan ortiq odam o‘z uylarini tashlab chiqib ketdi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti rasmiy vakili Joel Millman brifing chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

23-noyabrda bu ko‘rsatkich 68,5 ming kishiga tengligi ma’lum qilingan edi. 19-noyabr holatiga ko‘ra esa majburiy ko‘chganlar soni 60 ming kishiga yetgan edi.

Oxirgi sutka mobaynida 450 oila uylarini tashlab chiqib ketdi, deb qo‘shimcha qildi Millman.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?