Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya fuqarosi 2015-yilda Parijda va 2016-yilda Bryusseldagi terrorchilik hujumlarini tashkil etganlarga moliyaviy yordam ko‘rsatganligini tan oldi. Bu haqda AFP agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

26 yoshli Muhammad Ali Ahmad va belgiyalik Zakariya Bufassil Londondagi sudda javob bermoqda. Ular 2015-yilning iyulida Muhammad Abriniyga 3 ming funt (3,5 ming yevro) yetkazishda ayblanmoqda. Abriniy 22-mart kuni Bryussel aeroportida terakt uyushtirgan terrorchilarning sherigi hisoblanadi.

Abriniy, shuningdek, 2015-yilning 13-noyabrida Fransiya poytaxti va uning chekka qismida sodir etilgan teraktlarni uyushtirishga aloqadorlikda gumonlanmoqda.

“Mazkur yetkazilgan pullar terrorchilik harakatlarini moliyalashtirishga mo‘ljallanganligiga shubha yo‘q”, — dedi prokuror.

Agentlikning ta’kidlashicha, Ahmad 8-noyabr kuni aybini tan olib, ko‘rsatma bergan. Biroq ushbu ma’lumotni sud jarayoni boshlangunga qadar oshkor etish mumkin bo‘lmagan. Ikkinchi gumonlanuvchi o‘z aybini tan olmagan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi