Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida bo‘lib o‘tgan Western China International Fair 2016 xalqaro yarmarkasida 98 mamlakatdan 60 mingdan ziyod qatnashchi qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mebel, qurilish mahsulotlari, hunarmandlik va qo‘l mehnati buyumlarini taqdim etdi. O‘zbekiston tadbirkorlarining mahsulotlari barchaning e’tiborini tortdi, deb xabar beradi O‘zA.
Milliy kolorit bilan bezatilgan O‘zbekiston pavilyoni o‘ziga xos dizayni va keng assortimenti bilan ko‘rgazma ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekistonlik tadbirkorlar taklif etgan mahsulot va xizmatlarning yuqori sifati, raqobatbardoshligi xaridorlarga ma’qul bo‘ldi.
Western China International Fair 2016 xalqaro yarmarkasi O‘zbekiston tadbirkorlari uchun chet ellik ishbilarmonlar bilan yangi savdo-iqtisodiy hamkorlik o‘rnatish, mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, mahsulot va xizmatlar eksporti hajmini oshirishga yangi imkoniyatlar yaratdi. Yarmarka doirasida umumiy qiymati 1,1 million dollarga teng eksport shartnomalari imzolandi. Qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ko‘plab kelishuvlarga erishildi.
Izoh (0)