Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari uchun chiqarilgan daftar ustidagi xatolar keng muhokama etilmoqda. Uning ust qismida Abu Rayhon Beruniyning surati aks etgan bo‘lib, tagiga Abu Ali Ibn Sino deb yozib qo‘yilgan. Tug‘ilgan va vafot etgan yillar esa Alisher Navoiyga tegishli ekanini ko‘rish mumkin.
MY5 telekanali boshlovchisi Dilshod Fayz daftar aks etgan suratni Facebook sahifasiga joylashtirib, “Abu Ali Ibn Sino 990-yili Afshona qishlog‘ida tug‘ilganmidi? Bu o‘zi Beruniymi yoki Navoiymi”, — deb izoh qoldirgan.
Yana bir xato ibn so‘zining ham bosh harf bilan boshlanganidir.
Izoh (0)