Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turidan keyin “Bavariya”ning guruhda peshqadam bo‘la olmasligi oydinlashdi. “Rostov” mehmoni bo‘lgan Karlo Anchelotti jamoasi 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qayd etish kerak, Myunxen klubi Bundesliganing so‘nggi turida “Borussiya Dortmund”ga ham imkoniyatni boy bergandi.
Mazkur ochko yo‘qotish “Bavariya”ning pley-offga yo‘l olishi uchun halal bermagan bo‘lsa-da, 1-o‘rinni qo‘lga kiritish imkoniyatidan tamoman mahrum qildi.
Boisi Madridning “Atletiko” klubi ketma-ket 5 ta o‘yinda g‘olib chiqib, guruh yetakchisi ekanini isbotladi. Ortda qolgan 5 ta o‘yinda Diyego Simeone jamoasi darvozasiga faqatgina eronlik Sardor Azmun yo‘l topa oldi, xolos.
So‘nggi turni Azmun va jamoadoshlari “PSV” maydonida o‘tkazadi. Tomonlarning Rostovdagi o‘yini 2:2 hisobida yakunlagandi. Safardagi durang natija ham Qurbon Berdiyev faoliyat olib borayotgan jamoa uchun Yevropa Ligasi eshiklarini ochib beradi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “D” guruhi. 5-tur 23-noyabr, chorshanba
Izoh (0)