Yevropa Chempionlar Ligasi turnirida ilk bor ishtirok etayotgan Angliyaning amaldagi chempioni “Lester” mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirdi.
Birinchi davradagi barcha o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgan Klaudio Ranyeri jamoasi, 2-davrani Kopengagendagi durang bilan boshlagandi. Bu safar esa Belgiyaning “Bryugge” klubi taslim etildi. Natijada “Lester” muddatidan avval guruh peshqadamligini to‘la hal etdi.
Navbatdagi turni inglizlar Portugaliyada “Portu”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yindagi ehtimoliy ochko yo‘qotish “Portu”ni guruhda qoldirib yuborishi mumkin. Buning uchun “Kopengagen” Belgiyadan g‘alaba bilan qaytishi kerak bo‘ladi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “G” guruhi. 5-tur 22-noyabr, seshanba
Izoh (0)