Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Sibur Arena” majmuasida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
“Olamsport” nashrining ma’lum qilishicha, musobaqaning beshinchi kuni ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik 4 bokschidan 3 nafari g‘alabaga erishdi, yana biri esa mag‘lubiyatga uchradi.
-52 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Otabek Xolmatov Nikaragua vakili Kalero Martinezni 5:0 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, -64 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Behruz Rahmonov Yegor Bejenaru ustidan 5:0 hisobda ustun keldi.-91 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Shohruz Rahimov vengriyalik Richard Kochsisni 5:0 hisobida yengdi. -81 kilogramm vazndagi Sanjar Tursunov qozog‘istonlik Bekzad Nurdauletovga qarshi bellashuvda 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, turnirning 3-kunida eng yengil – 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Abduvohil Ma’rufxonov xitoylik Zeksin Chenga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)