Yaponiyaning Fukusima prefekturasi sohillarida 5,7 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda, Yaponiya meteorologiya agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, tabiiy ofat o‘chog‘i 30 kilometr chuqurlikdan o‘tadi. Sunami tahdidi yo‘q.
22-noyabr, seshanba kuni ertalab shu hududda 7,3 magnitudali yana bir zilzila qayd etilgan edi. Tabiiy ofat Fukusima sohillarida 10 kilometr chuqurlikdan o‘tgan edi.
Izoh (0)