Xitoyning Shansi provinsiyasida 56 ta avtomobil ishtirokidagi ommaviy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Yana 37 kishi jarohat olganligi ta’kidlanmoqda. Yo‘l-transport hodisasi Pekin va Kunminni bog‘lovchi trassada yuz bergan.
Hozirgi paytda rasmiylar hodisa sabablarini aniqlashtirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)