Yaponiyaning Tokio shahrida professional boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Markaziy jang birinchi yarim yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda WBC kamari uchun majburiy da’vogar, sobiq jahon chempioni Luis Neri o‘rtasida kechdi.
Birinchi raundda Inoue kutilmaganda nokdaunga uchradi. Ikkinchi raundda esa yaponiyalik bokschi ustunlik qildi. 6-raundda esa Naoya Luisni nokautga uchratdi.
Bu Naoyaning dekabr oyida Marlon Tapalesni mag‘lub etib, mutlaq chempionga aylanganidan keyingi ilk himoya jangi bo‘ldi.
Inoue hisobida 26 ta g‘alaba (23 ta nokaut) mavjud.
Qayd etib o‘tish joiz, yaponiyalik bokschi sentyabr oyida o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevga qarshi ringga ko‘tariladi. Murodjon WBA kamariga da’vogar sanaladi.
Izoh (0)