Joriy yil oktabrida Shveysariyadan soat eksporti 16 foizga tushib ketib, 1,68 milliard frankni tashkil etdi. “Interfaks”ning Shveysariya soat sanoati federatsiyasi bayonotiga asoslanib bildirishicha, talabning tushishi barcha asosiy bozorlarda qayd etildi.
Shveysariyalik soat ishlab chiqaruvchilarining eng yirik bozori bo‘lmish Gonkongga yetkazmalar hisobot davrida 22 foizga tushib ketdi. Sentabrda bu ko‘rsatkich birdaniga 40 foizga tushgan edi. Shuningdek, AQShga yetkazmalar hajmi ham 17 foizga qisqardi.
Soatga bo‘lgan talab o‘sgan mamlakatlar Buyuk Britaniya (9 foizlik o‘sish) va Xitoy (2,8 foizlik o‘sish) bo‘ldi.
2016-yil oktabrida Shveysariya eksportining hajmi umumiy hisobda oldingi oyga nisbatan 4,7 foizga tushdi. Import 2,8 foizga o‘sdi.
Izoh (0)