Fransiyaning Normandiya mintaqasida istiqomat qiluvchi erkak qarindoshining o‘limidan so‘ng meros tariqasida olgan uyidan yuz kilogramm tilla topdi. Bu haqda, Normandie Actu nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, dastlab erkak merosga katta e’tibor qaratmagan va mol-mulkni baholab, sotish uchun auksionistni chaqirgan. Ammo mebelni yig‘ib, uydan olib chiqib ketishda qimmatbaho metallar yashirilgan ko‘plab maxfiy joylar aniqlangan.
Evre shahrida istiqomat qiluvchi erkak 12 kilogrammlik ikkita oltin yombi, yetti kilogrammlik oltin bo‘laklari va 5 mingdan ortiq tilla tangalarga ega bo‘ldi.
Topilmalarning umumiy qiymati 3,5 million yevroni tashkil etdi. Ta’kidlanishicha, uyning sobiq egasi 50–60 yil davomida oltinlarni qonuniy yo‘l bilan xarid qilib, tegishli sertifikatlarni saqlab qo‘ygan.
Izoh (0)