Yakshanba. Dam olish kuni. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay ishbilarmonlarga xos kiyingan yuzlab kishilar poytaxt markazidagi binolardan birining oldida gavjum. Sababi, ular Forta Business Education tomonidan o‘tkazilayotgan “O‘zbekistonda qaysi toifadagilargina millionlab ishlashadi” deb nomlangan biznes treningga qatnashish ishtiyoqida. Avvalgi treningning shov-shuvli natijalari ko‘plab yurtdoshlarimizning bu trening haqida eshitishlariga sabab bo‘lgan, dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan, biznesda bir qadam ilgari yurish uchun mana shu yerga chorlagan.
Hamma majlislar zaliga kirib ketdi. Yana bir necha soatlardan so‘ng ularning deyarli hammasi yangi fikrlar, yangicha ishtiyoq va biznesga yangicha nazar bilan bu yerdan chiqib kelishadi.
Seminardan so‘ng esa ularning har biriga quloq tutamiz va o‘zimiz eshitgan so‘zlardan hayratlanamiz:
Ilhom Karimov: QK MChJ “Lazzat Karamel”
Bugungi suhbat men uchun juda qiziqarli va foydali bo‘ldi. Tadbirkorlar uchun o‘ziga ko‘plab yangi fikrlarni oladigan mana shunday treninglar juda muhim deb o‘ylayman. Chunki biz hamisha izlanishda va taraqqiyotda bo‘lmog‘imiz kerak. Bu kabi biznes treninglar esa aynan shu maqsadda xizmat qiladi. Bugun o‘zim uchun yangi g‘oyalar oldim, yangi rejalar tuzdim. Buning uchun sizga o‘zimning nomimdan va korxonamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Kamoliddin Ikromiddinov: “MIRO” yogurtlari
Mehrinso opa boshlagan ishning xudo xohlasa kelajagi porloq. Biz bilamizki, xorijda tadbirkorlar muntazam ravishda mana shunday treninglarga qatnashish orqasidan rivojlanishadi. Bizda esa bu ish hali yo‘lga qo‘yilmagandi. O‘tkazilayotgan sanoqli biznes treninglar ham rus tilida. Ammo muammo shundaki, tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lganlarning hammasi ham chet tilini a’lo darajada bilishmaydi. Bu kabi treninglarda har bir so‘zni tushunish, ma’noni aniq ilg‘ash shu qadar muhimki, agar 4 soatlik treningda bittagina so‘zni tushunmasangiz ham treningdan bo‘sh qo‘l bilan, ya’ni, hech narsa olmay chiqishingiz mumkin. Xursand bo‘lganim: va nihoyat o‘zbek tilida ham yuqori darajadagi biznes seminarlar o‘tkazila boshlanibdi. O‘zbek tadbirkorlari uchun o‘z ona tilida o‘tkazilayotgan bu biznes treninglar kattayu-kichik tadbirkorlarni befarq qoldirmayapti. Buni esa bugun seminarga kelganlarning sonidan bilsa ham bo‘ladi.
Dilnoza: “LACTEE” margarini
Seminarga borishdan avval uning mavzularini o‘rganib chiqdim. Menga yoqdi. Juda qiziq mavzular tanlangan. Seminar ham qiziq bo‘ldi. Mehriniso opa juda quvnoq inson bo‘lib, o‘zlaridan pozitiv energiya chiqarar ekanlar. Ularni eshitish yoqimli. Bir xil trenerlar haqiqatdan ham kerakli, juda qimmatli ma’lumotlarni aytishi mumkin, lekin sizga uning gapirishi yoqmaydi, eshitgingiz kelmaydi. Men xohlardimki, seminardagi har bitta mavzu bo‘yicha alohida seminar bo‘lib, uni maksimal ravishda chuqur yoritib berishsin. Mehriniso opaga qoyilman! O‘zbekiston kelajagi va tadbirkorlar uchun juda foydali ish kilyaptilar, bundan juda xursandman! Agar o‘quv kurslarini tashkil qilishsa, har hafta dars o‘tilib, yangidan yangi mavzularda kerakli ma’lumotlarni bersalar, juda xursand bo‘lardim va albatta bu darslarga borardim.
Sanjar Rajabbayev: “Zeleniy chay” va “Yaks” brendlari
Seminar trening haqida fikrlarimni aytadigan bo‘lsam, u menga juda yoqdi. Bu darajada qiziqarli bo‘ladi, deb o‘ylamagandim. Negadir o‘zbekistonlik odam biznes trening o‘tsa, u baribir xorijlik trenerniki kabi bo‘lolmaydi degan fikr bor odamlarda. Mana shu fikr noto‘g‘riligi bugun isbotlandi. Har qanday mashhur trenerlarning ham seminarlaridan bugungisi a’lo bo‘ldi! Eng muhimi esa o‘zbek tilida. Undan ham muhimi, har bir holat o‘zbekona ruhiyatda berildi. O‘zbekiston holati: iqtisodiy va ma’naviy jihatlar e’tiborga olinib taqdim etildi. Shuning uchun ham u bizga juda foydali bo‘ldi. Bu treningdan keyin ko‘p yangi g‘oyalar tuzib qo‘ydim. Treningni tashkil etishda hissasini qo‘shgan hammaga rahmat. Ayniqsa, Mehriniso Abdurazzoqovaga!
Shahnoza Abdullayeva: Fitnes markazi rahbari, Jizzax
Rostini aytsam, men ancha yillardan beri tadbirkorlik qilaman. O‘z fitnes markazim bor. Lekin hozir seminarning birinchi qismi tugayotganda, zaldan chiqib ketgim keldi. Nega desangiz, Jizzaxga mashinada yurib emas, hatto samolyotda uchib borgim keldi! Shu qadar ichimga sig‘may, shoshilib ketdim. Hozirgina eshitganlarimni bugunoq ishimga tadbiq etsam! Ana shunday ruhlandim. Ikkinchi qism yakuniga qadar esa shu qadar ko‘p ma’lumotlar va foydali bilim oldim. Meni bu yerga taklif etganlarga katta rahmat. Buyog‘iga o‘z ustimda ishlashga, shu kabi treninglarning barchasida ishtirok etishga qaror qildim. Chunki agar birgina seminar trening menda shuncha fikrni uyg‘ota olgan, biznesimga yangicha nazar bilan qarashga yo‘naltira olgan bo‘lsa, agar ularga doimiy qatnashib tursam, aniq bilamanki, ko‘zlagan marramga albatta yetaman. Forta Business Education va uning rahbari Mehriniso Abdurazzoqovaga alohida tashakkurlarimni izhor qilib qolaman.
Bu kabi biznes treninglar O‘zbekiston tadbirkorlariga qanot bag‘ishlaydi. Ular yangi g‘oyalardan ruhlanib, rivojlanish sari qadam tashlaydilar. Bu esa o‘z ortidan butun mamlakat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Demakki, Forta Business Education nafaqat har bir tadbirkor, balki Vatanimiz rivoji uchun xizmat qiladi! Siz ham albatta shu rivojlanishga hissa qo‘shing! Sizning shahringizda bo‘ladigan trening uchun chiptalarni bugunoq buyurtma qiling!
26-noyabr, Qo‘qon shahri: Shohruxobod ko‘chasi, 39-uyMediapark savdo markazi, 3-qavat.Menejer: Muhammadali +998-90 360-03-30.
11-dekabr, Toshkent shahri: Chexov ko‘chasi, 5-uy.IIV Madaniyat saroyi.Menejer: Mahfuza +998-94 665-11-12.
14-dekabr, Jizzax shahri: Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax shaxri Drama teatri binosidaMenejer: Umida +998-90 310-81-97
17-dekabr kuni Samarqand shahri: manzil aniqlanmoqda…
20-dekabr kuni Buxoro shahri: manzil aniqlanmoqda…Menejer: Baxtiyor +998 945421090
Seminarning har bir qismi — 175 ming so‘mdan.
Lekin siz eng dolzarb mavzularni qamrab olgan ikki mavzudan iborat seminar-trening uchun 175 ming so‘m to‘lovni (xohlagan usulda) amalga oshirib, imtiyozli chiptani qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Buning uchun zudlik bilan info@forta.uz elektron manziliga yoki +998-94 665-11-12 telegram raqamiga IMTIYOZLI CHIPTA OLAMAN so‘zini hamda
- qatnashchi(lar)ning ismi-sharifi,
- tug‘ilgan sanasi
- telefon raqamlari
- to‘lov usuli
- qaysi manzilda o‘tkazilayotgan treningda qatnashmoqchi ekanligingiz
Joylar soni cheklangan. O‘z joyingizni band qilishga shoshiling. Yaqinlaringiz va do‘stlaringizga ham xabar bering.
Forta Business Education’ning biznes-treninglar jadvali bilan www.forta.uz sayti va@FortaUz Telegram-kanali orqali tanishing, biznes-treningda ishtirok eting va o‘zingiz orzu qilgandek muvaffaqiyatlarga erishing!
Forta Business Education – orzularingiz ro‘yobi!
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)