Germaniyaning avtomobilsoz Volkswagen kompaniyasi kasaba uyushmalari bilan 23 ming ish joyining qisqartirilishi hamda ishlab chiqarish xarajatlarining 3,7 milliard yevroga kamaytirilishiga kelishib oldi. Bu haqda o‘z manbalariga tayangan holda Bloomberg xabar bermoqda.
Bu qadar ishchilarning bo‘shatilishi evaziga kasaba uyushmalari vakillari rahbariyatdan elektrokarlar sektorining rivojlantirilishi va u yerda yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va’dasini oldi. Volkswagen elektromobillar ishlab chiqarish va raqamli tizimlar yaratish sohasida 9 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etadi.
Bundan tashqari, kasaba uyushmalari bilan kelishuv doirasida kompaniya Germaniyaning Volfsburg va Svikkau shaharlaridagi zavodlarida elektromobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yishga rozi bo‘ldi.
Izoh (0)